
Asror Aliqulov: “Buxoro”ni to‘g‘ri tanlangan taktika tufayli mag‘lub etdik"
Superliga 2-turi doirasida o‘z uyida “Buxoro”ni minimal hisobda mag‘lub etgan “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoa avvalgi uchrashuvdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa qilganini va bugungi o‘yinda to‘g‘ri tanlangan taktika evaziga 3 ochko qo‘lga kiritilganini aytdi.
“Bugun o‘ziga xos derbida kuchli raqibni mag‘lub etdik. Avvalgi o‘yindagi harakatlarimizdan qoniqmagan edim. Bugun “Buxoro”ni to‘g‘ri tanlangan taktika tufayli mag‘lub etdik. Ular kuchli hujum chizig‘i orqali bosim uyushtirishini bilar edik. Shu bois, tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal ko‘rdik. Raqibni yopa oldik va g‘alaba qozondik”, - deydi Aliqulov.
“Keyingi o‘yin bizga juda qiyinchilik tug‘diradigan o‘yin. “Metallurg”ga qarshi qiyin uchrashuv kutayapti. Bugun derbi bo‘lgani uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rgan edik va ko‘p kuch sarflab yubordik”, - dedi mutaxassis.
Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar