
Asosiy raqibga yutqazgan Gvardiola mag‘lubiyatlar sababini oshkor qildi
Angliya Premer-ligasining 13-turida markaziy uchrashuv “Liverpul” va “Manchester Siti” o‘rtasida bo‘ldi.
Amaldagi chempion darvozasiga ikkita to‘p kiritgan liverpulliklar musobaqa jadvalidagi peshqadamlik mavqeini mustahkamladi va eng yaqin ta’qibchilari – “Chelsi” hamda “Arsenal” bilan o‘rtadagi farqni to‘qqiz ochkoga etkazib oldi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning mag‘lubiyatlari va g‘alabasiz seriyasiga quyidagicha izoh berdi.
- Biz bugun har doim jamoaning kuchli jihati hisoblangan oldingi chiziqdagi o‘tkirlikni his qilayotganimiz yo‘q.
Himoyada ham ishonchli o‘ynay olmayapmiz. Bu faqat bugun ko‘zga tashlangani yo‘q. Bir necha bellashuvdan biri davom etib kelmoqda.
Shunday ekan, birinchi navbatda himoya chizig‘idagi barqarorlikni tiklashimiz talab etiladi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar