Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan bokschi raqibini qay tarzda nokautga uchratdi?

  • 7 sentabr, 2020, 13:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Super engil vaznda faoliyat yuritayotgan Botir Ahmedov (8-1,7KO) o‘zining navbatdagi jangini Rey Peresga( 25-12, 8KO) qarshi o‘tkazdi.

Tecno

10 raundli jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida bo‘lib o‘tdi. Jang boshlanishi bilan tashabbusni qo‘lga olgan Ahmedovning birinchi raunddayoq yo‘llagan ketma-ket zarbalari oqibatida Peres qiyin ahvolga tushib qoldi va mag‘lubiyatini tan olishga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Botir Ahmedov faoliyatidagi sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

29 yoshli charmqo‘lqop ustasi asli Sirdaryoda tavallud topib, keyinchalik hozirda Rossiyaga qarashli bo‘lgan Qrim o‘lkasiga ko‘chib ketgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
12/09/2020 23:45
Озбекистанда озбек болмасан котермейди. Ол ангименин шындыгы