Asensio faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 31 yanvar, 23:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning "Aston Villa" klubi qishki transferlar oynasining so‘nggi kunida katta transferlar qilishni rejalashtirgan. Klub PSJ bilan Marko Asensio bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Tecno

Fabritsio Romanoga ko‘ra, futbolchi ushbu harakatga rozi bo‘lishi kutilmoqda. Klublar kelishib olishsa bo‘ldi. Birmingemliklar direktori Monchini ham bu transfer bo‘yicha muzokaralar bo‘layotganini tasdiqladi. 

Asensio 2023 yilning yozida erkin agent sifatida parijliklar safiga borib qo‘shilgandi. Ammo u birinchi raqamlik vingerga aylana olmadi. 29 yoshli ispan mazkur mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!