Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ilk jangini g‘alaba bilan boshladi

  • 6 may, 2023, 19:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Toshkent vaqti bilan 19:00da -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev yaponiyalik Yuto Vakitaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.

Birinchi raundda hakamlar Asadxo‘jaevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.

Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan Asadxo‘jaevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.

Uchinchi raundda ham hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. 

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ushbu jahon chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

photo_2023-05-06_17-15-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!