Artur Beterbievning faoliyatidagi eng kuchli raqib Bivolmidi?

  • 21 oktabr, 2024, 16:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan bokschi Artur Beterbiev hamyurti Dmitriy Bivol haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bivol faoliyatimdagi eng qiyin raqib, deya ayta olmayman. Albatta, uning natijalari va qobilyatini pastga urmoqchi emasman, lekin bu erda e’tiborga olish kerak bo‘lgan boshqa omillar ham borligini aytmoqchiman. To‘g‘ri, nokautli g‘alabalar seriyamni Dmitriy buzib qo‘ydi. Ehtimol u bilan yoshroq paytim to‘qnash kelganimda muddatidan avval g‘alaba qilgan bo‘lardim",- deya Beterbievning so‘zlarini keltirdi "RT" portali.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Ar-Riyodda o‘tkazilgan katta boks oqshomida Artur Beterbiev ochkolar bo‘yicha Dmitriy Bivolni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!