
Artetaning "Arsenal"dagi taqdiriga oydinlik kiritildi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqin orada o‘z lavozimini tark etmaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
“Kanonirlar” rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi va hatto qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish uchun unga pul ham ajratmoqchi. Arteta davralar oralig‘ida jamoaga ijodkor yarim himoyachi olib kelmoqchi.
“Arsenal” 14 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 14 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar