
Arteta o‘z holati haqida ma’lumot berdi
"Barchangizga berayotgan daldangiz va maslahatlaringiz uchun rahmat demoqchiman. Hammamiz ham juda katta va echimi noma’lum sinov oldida turibmiz. Birdam bo‘ladigan payt keldi. Bir-birimizni ehtiyot qilishimiz va ko‘rsatmalarga to‘liq amal qilishimiz kerak.
Premer-liga muhim vaziyatda to‘g‘ri qarorni chiqara oldi. Biz barchasini birgalikda engib o‘tamiz",- dedi 37 yoshli ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Premer-liga koronavirus sababli 3 aprelgacha to‘xtatilgani xabar qilingan edi.
Fikrlar