Arteta ikki hujumchisidan voz kechdi

  • 2 iyun, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta kelasi mavsum oldidan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis kutilgan samarani bermagan ikki hujumchi bilan xayrlashishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Gabriel Jezus va Eddi Nketia o‘ziga yangi jamoa topshii kerak.

“Kanonirlar” ustoziga braziliyalik Jezusning ko‘p jarohat olishi yoqmayapti. 65 million evroga baholanayotgan 27 yoshli hujumchiga hozircha boshqa jamoalardan qiziqish bo‘lgani yo‘q. Bu uning xizmati qimmatligi va ko‘p jarohat olishi bilan bog‘liq.

25 yoshli Nketia ish topishda qiynalmaydi. Hozirning o‘zida angliyalik hujumchiga “Vest Xem”, “Fulxem”, “Kristal Pelas” va “Bornmut” kabi jamoalardan taklif bor.

Nketianing  transferini “kanonirlar” hisob raqamiga 30 million evro o‘tkazib berish orqali hal qilish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!