"Arsenal"ning zaxirada qolib ketgan futbolchisiga xaridor topildi

  • 19 yanvar, 2023, 07:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachici Sedrik Suaresh faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra,  portugaliyalik futbolchini "Fulxem" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jamoa rahbariyati ushbu transfer bo‘yicha "kanonirlar" bilan muzokaraga kirishdi.

Suaresh 2020 yildan beri "Arsenal" futbolchisi sifatida harakat qilmoqda. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining narxi 4 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli himoyachi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida ikkita uchrashuvida ishtirok etib, foydali harakatlarni amalga oshirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!