“Arsenal”ga superforvardlar kerakmas

  • 20 aprel, 2024, 15:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” rahbariyati yozgi transferlar davrida superforvard olish fikrini o‘zgartirdi.

Tecno

“Kanonirlar” anchadan beri hujum chizig‘ini kuchaytirish borasida bosh qotirayotgan edi. Klub mutasaddilari kelasi mavsum oldidan Viktor Osimxen (“Napoli”), Ayvon Touni (“Brentford”), Viktor Bonifatse (“Bayer”) kabi qimmatbaho o‘yinchilarni olishni rejalashtirgan.

Biroq Kay Xavertsning yuqori saviyada o‘ynayotgan klub mutasaddilarini katta xarajatga hojat yo‘q, degan xulosaga kelishiga sabab bo‘ldi.

Bosh murabbiy Mikel Arteta germaniyalik futbolchi asosiy hujumchi vazifasini to‘liq uddalashiga ishonch bildiryapti.

Hujumchilar transferi uchun mo‘ljallangan 100-130 million evroni Arteta o‘ng qanotga yarim himoyachi va himoyachi olishga sarflamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!