
“Arsenal” yana bir o‘yinchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
Angliya Premer-ligasi chempionligi qo‘lga kirita olmagan “Arsenal” murabbiylar shtabi tarkibni tozalashni davom ettirmoqda.
“Kanonirlar” yozgi transferlar davrida yarim himoyachi Tomas Parti bilan xayrlashmoqchi. Mutasaddilar 30 yoshli futbolchini transferga qo‘yishga qaror qildi.
Ganalik futbolchi to‘rt yil muqaddam “Atletiko”dan 50 million evroga transfer qilingan edi. U asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘ydi.
Parti yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
“Kanonirlar” bilan bir yillik shartnomasi qolgan yarim himoyachi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar