"Arsenal" Vlaxovichga qiziqish bildirmoqda

  • 5 yanvar, 2024, 03:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" qishki transferlar oynasida bitta hujumchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Klub "Yuventus" vakili Dushan Vlaxovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar ushbu transfer uchun 60 million evro so‘rashi mumkin. Shuningdek, inglizlar tez orada taklif bilan chiqdi. 

Vlaxovichni "kanonirlar" oldin ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Ammo futbolchi "Fiorentina"dan "Yuventus"ga yo‘l olgandi. Londonliklar ikkinchi bor hujumchini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.

"Yuventus" sport direktori esa bunday turdagi xabarlarga o‘z reaktsiyasini bildirdi: "Vlaxovich sotilmaydi. "Arsenal" bilan hech qanday muzokaralar bo‘layotgani yo‘q".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!