"Arsenal" va "Milan" bir futbolchi uchun kurashadi

  • 12 noyabr, 2020, 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Red Bull Zaltsburg" klubi yarim himoyachisi Domenik Soboslai "Arsenal" rahbariyatining e’tiboriga tushdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “kanonirlar” 20 yoshli Vengriya terma jamoasi a’zosini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Bu borada London klubi “Milan” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Boisi, “rossonerilar” ham Domenikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Domenik Soboslai joriy mavsum "Red Bull Zaltsburg" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!