
"Arsenal" Unai Emeri o‘rniga yangi murabbiy tayinladi
Yaqindagina "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini iste’foga chiqargani borasida xabar bergandik.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Emerining o‘rni ko‘p vaqt bo‘shab qolmadi. Ya’ni londonliklarga vaqtincha yangi bosh murabbiy tayinlandi. U Fredrik Yungberg.
Ma’lumot o‘rnida, Fredrik Yungberg 2018 yildan beri "Arsenal"ning yoshlar jamoasini boshqarayotgandi.
Fikrlar