"Arsenal" super hujumchi topdi

  • 17 dekabr, 2023, 11:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" markaziy hujumchisi Viktor Osimxen kelasi yozda klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "MoArsenal86" nashri xabariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" Osimxenning transferi uchun 120-130 million evro sarflashlari mumkin. Ayni paytda neapolliklar londonliklar hujumchisi Gabriel Jezusga qiziqish bildirishmoqda. "Arsenal" braziliyalik futbolchini shartnomaga qo‘shishi va shu bilan nigeriyalik uchun tovon pulini kamaytirishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Osimhen Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Joriy mavsumda hujumchi 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!