"Arsenal" sport direktori o‘z lavozimini tark etdi

  • 4 noyabr, 2024, 17:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yili "Arsenal"ga texnik direktor etib tayinlangan klub afsonasi Edu Gaspar 2022 yilda jamoaning sport direktoriga aylangandi. Bugun esa u "kanonirlar"ni tark etishi kutilmoqda. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi. Edu jamoadan ketishga qaror qilgan. Unga "Nottingem Forest" va "Olimpiakos" klublari qiziqish bildirmoqda. 

Gaspar faoliyati davomida "Arsenal" Yurrien Timber, Rikkardo Kalafori, David Raya, Deklan Rays, Mikel Merino va Rahim Sterling kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!