"Arsenal" so‘nggi bir yilda APL klublari orasida qizil kartochka olish bo‘yicha antirekord qayd etdi

  • 17 dekabr, 2020, 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” himoyachisi Gabriel Magalyaes kecha “Sautgempton”ga (1:1) qarshi o‘yinda qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu Mikel Arteta “kanonirlar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandan buyon, ya’ni 2019 yilning 26 dekabridan buyon “Arsenal” futbolchilari olgan 7-qizil kartochka bo‘ldi. Bu esa, so‘nggi bir yil mobaynida APLning boshqa har qanday jamoalaridan 4 ta qizil kartochkaga ko‘proq, deganidir.

Londonliklar 13 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!