
"Arsenal" safiga frantsiyalik futbolchi qo‘shilishi mumkin
“Lion” yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli frantsiyalik futbolchi “Arsenal”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. “Kanonirlar” uchun bu borada asosiy maqsad “Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddison hisoblanadi. Ammo bu boradagi muzokaralar juda sust ketmoqda.
Agar Meddison masalasi ijobiy hal bo‘lmasa, “Arsenal” bor e’tiborini aynan “Liona” futbolchisiga qaratadi.
Auar “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar