"Arsenal" Rodrigo transferidan voz kechdi. "Liverpul" esa hali hamon kurashda

  • 17 iyul, 21:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasi davomida Madridning "Real" klubi yulduzi Rodrigo bilan bog‘lanayotgan "Arsenal" undan voz kechdi. 

Tecno

Bu haqda "Transfer News Live" nashri "Carrusel Deportivo" manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar 24 yoshli braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan voz kechgan. Eslatib o‘tamiz, Rodrigo Xabi Alonso kelganidan so‘ng Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida unchalik ko‘p imkoniyat olmagan.

Rodrygo of Real Madrid C.F. Looks downfield during the FIFA Club World Cup 2025 group H match between FC Red Bull Salzburg and Real Madrid CF at...

Avvalroq uning "Liverpul"ga o‘tishi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi. Shuningdek, bir necha mashhur va ishonchli manbalar hali hamon mersesaydliklar Rodrigo uchun kurashayotganini va muzokaralar olib borayotganini ta’kidlamoqda. Transfermarkt portali Rodrigoni 90 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, vinger "qirollik klubi" safida umumiy 270 uchrashuvda maydonga tushib, 68 ta gol urgan va 51 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2028 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!