
"Arsenal" Rays uchun ikkinchi taklifni jo‘natmoqchi
"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays uchun bir qator klublar kurash olib bormoqda. Ular orasida "Arsenal" favorit bo‘lib turibdi. Ammo londonliklar "kanonirlar"ning birinchi taklifini rad qildi.
"Mail Sport" nashri xabar berishicha, "Arsenal" ikkinchi taklifni jo‘natmoqchi. Unga ko‘ra, klub Raysning transferi uchun 100 million funt to‘lashga tayyor.
London klubi Deklandan tashqari, yana bir nechta xaridlarni amalga oshirishga urinmoqda. Xaverts va Kaysedo ham ushbu yozda "Arsenal"ga o‘tishi mumkin. Rahbariyat ayni damda faqatgina Raysni jamoa tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.
Ta’kidlash joiz, 24 yoshli yarim himoyachini sotib olishni istayotgan klublar orasida "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" ham bor.
Fikrlar