
"Arsenal" o‘z safini ispaniyalik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi
Ispaniyaning "Jirona" klubi qanot himoyachisi Arnau Martines Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Footmercato jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining transferiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" rahbariyati futbolchining transferi uchun sakkiz million evro va yana ikki million bonus to‘lovlarini taklif qilmoqda.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli himoyachi 39 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Arnauning transfer narxi o‘n million evroga baholanmoqda.
Fikrlar