
"Arsenal" o‘z maydonida "Brayton"dan 3 ta gol o‘tkazib yubordi
Angliya Liga kubogi 1/16 final bosqichi doirasidagi "Arsenal" - "Brayton" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Dastlab hisob "to‘pchilar" tomonidan ochilgan bo‘lsa, "Brayton" 3 ta gol bilan javob qaytardi va Mikel Arteta boshchiligidagi "kanonirlar"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Fikrlar