
“Arsenal” orzusidagi o‘yinchi uchun ikki futbolchini beradi
“Arsenal” va “Atletiko” yangi mavsum oldidan shov-shuvli tarzda futbolchi almashmoqchi.
Londonliklar anchadan buyon ko‘z tikayotgan Tomas Partini olish uchun madridliklarga frantsiyalik futbolchilar – Aleksandr Lyakazzet va Matteo Genduzini berishni taklif qilyapti.
“Ataletiko” rahbariyati bu taklifni ma’qullab, to‘purar hujumchi va iste’dodli yarim himoyachini olishga rozi bo‘ldi. Bu rokirovka amalga oshishi uchun endi Tomas Partining o‘zi Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘nishi kerak.
Fikrlar