
"Arsenal" Obameyangni sotishga tayyor
Londonning "Arsenal" klubi agar yaxshi taklif bo‘lsa, o‘zining asosiy hujumchisi Per-Emerik Obameyangni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda Le Figaro nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 30 yoshli gabonlik futbolchining transferidan keladigan katta mablag‘ni yangi futbolchilar xarid qilishga sarflashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Obameyangga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgani va o‘z navbatida uning o‘zida ham “qizil iblislar” safiga o‘tish xohishi mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” Obameyangni 2018 yilning yanvarida “Borussiya “Dortmunddan 63,75 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 65ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 41ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar