"Arsenal" Obameyangni qanchaga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

  • 29 aprel, 2020, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati hujumchi Per-Emerik Obameyangni qanchaga sotmoqchiligi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “kanonirlar” 30 yoshli gabonlik futbolchini 34 million evroga baholashmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi va futbolchi ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Shu boisdan ham “Arsenal” mavsumlar oralig‘ida uni sotib, transferidan pul ishlab olishga qaror qildi.

Obameyangga esa "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Inter", "Barselona" va "Real" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. U joriy mavsum “Arsenal” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!