
"Arsenal" Obameyangga nimalar taklif qilmoqda?
"Arsenal" jamoa forvardi Per-Emerik Obameyang uchun yangi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda The Telegraph.
"To‘pchilar" 31 yoshli gabonlik futbolchiga haftasiga 250 ming funt maoshli kelishuv tayyorlab qo‘ydi.
Obameyangni "Arsenal"da olib qolish uchun jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan.
Fikrlar