
"Arsenal" jamoaning asosiy figurasi bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Arsenal" himoyachi Vilyam Saliba bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yangi bitim 2027 yilning yozigacha amal qiladi va tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashga yaqin turibdi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta 21 yoshli futbolchini jamoaning asosiy figurasi deb hisoblaydi.
"Arsenal"ning Saliba bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. U joriy mavsumda APLda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar