
"Arsenal" himoyachisi vataniga qaytib ketadi
"Arsenal" himoyachisi Kiran Tirni mavsum so‘nggida London klubini tark etadi. Bu haqda "TeamTalk" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, 26 yoshli Tirni katta ehtimol bilan Shotlandiyaga qaytadi. Fullbek hozirda ijarada o‘ynayotgan klubi "Real Sosedad" futbolchini to‘liq sotib olishga rozi, lekin himoyachi vataniga qaytishni istaydi.
Ma’lumot uchun, Kiran ispan klubi safida joriy mavsum 5 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar