
"Arsenal" himoyachisi: "Bu yil klub bilan sovrin yutishimizga ishonaman"
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes kelayotgan mavsumdan katta umid qilayotganini bildirdi:
"Men bizning o‘zimizni oqlashga urinishimiz kerak emas deb o‘ylayman. So‘nggi uch yil davomida qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Shunchaki bizga ozgina omad etishmadi.
Ammo klub ichida, men samimiy ishonaman, barchamiz bir fikrdamiz: biz sovrinlar qo‘lga kiritishga qodirmiz - katta sovrinlar.
Men klubda besh yildan beri ishlab kelmoqdaman va uning qanday rivojlanayotganini ko‘rib turibman. Men bu erga unvonlar qozonish, yutuqlarga erishish, "Arsenal"ning yanada kuchliroq bo‘lishiga yordam berish uchun kelganman. Kelgusi mavsum biz uchun katta sinov bo‘lishiga chin dildan ishonaman, ammo biz muvaffaqiyatga erisha olishimizga ham ishonchim komil. Sovrin qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatlarimiz bor.
So‘nggi bir necha yil davomida sovrinlarga juda yaqin keldik, ammo oxir-oqibat ular qo‘limizdan chiqib ketdi. Biroq, men klubga va uning rivojlanishi uchun qilayotgan barcha harakatlariga to‘liq ishonaman hamda bu yil biz yana kurashga kirishishimizga ishonchim komil" - deya ta’rif berib o‘tdi braziliyalik himoyachi.
Fikrlar