"Arsenal" germaniyalik himoyachini sotib olmoqchi

  • 11 aprel, 2023, 22:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yozda "Volfsburg" futbolchisi Bote Bakuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Isnayder Kristian Falk xabar berishicha, "kanonirlar" mazkur transfer uchun "Chelsi" va "Vilyarreal" kabi jamoalar bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. 

Tecno

"Arsenal" kelasi mavsum Chempionlar ligasida to‘p suradi. Shu sababli, rahbariyat tarkibni kuchaytirishga katta e’tibor bermoqda. Klub shuningdek yarim himoyachi ham sotib olmoqchi. Variantlar orasida Rays, Kaysedo va Tilemansdek futbolchilar bor. 

Baku o‘ng qanot himoyada harakat qiladi va kezi kelganda yarim himoyachi vazifasini ham bajarib bera oladi. U ushbu mavsum "Volfsburg" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 1 ta assist amalga oshirdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!