
"Arsenal" futbolchisiga Turkiyaning bir qancha jamoalari qiziqish bildirmoqda
"Arsenal" futbolchisi Muhammad El-Nennini Turkiyaning "Trabzonspor" klubi jiddiy kuzatmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Trabzonspor"dan tashqari "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" ham misrlik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, unga xaridor klublar orasida Saudiya Arabistoni jamoalarini ham uchratish mumkin.
Muhammadning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. U joriy mavsum APLda atigi bitta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar