
"Arsenal" Emeri o‘rniga Gvardiolaning yordamchisini olib kelmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati iste’foga chiqarilgan Unai Emeri o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Indykaila News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "kanonirlar" bu borada Mikel Arteta nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Aytish kerakki, ispaniyalik mutaxassis ayni damda "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga assistentlik qilmoqda.
“Arsenal” ayni damda Arteta bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. O‘z navbatida “shaharliklar” ham uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Arteta 2011-2016 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan. 2016 yildan buyon esa “Manchester Siti” murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fikrlar