
"Arsenal" Dubayga boradi
Londonning “Arsenal” klubi davralar oralig‘ida Dubayda qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazib qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Kanonirlar” BAAga 7 fevral kuni yo‘l olishadi va 11 fevral kuni ortga qaytishadi.
“Biz bir nechta muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va bu borada issiq ob-havoda mashg‘ulotlar o‘tkazishni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Dubay birinchi raqamli futbol infratuzilmasiga ega ajoyib joy. Mavsumning hal qiluvchi qismiga kirishishdan oldin holatni o‘zgartirish biz uchun har taraflama foydali bo‘ladi”, - deydi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda 24 ta turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar