"Arsenal" Deklan Rays uchun 100 million funtni qanday to‘lashi ma’lum bo‘ldi

  • 5 iyul, 2023, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" va "Vest Xem" Deklan Raysning transfer to‘lovini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.

Oldinroq “bolg‘achilar” 24 yoshli yarim himoyachini "kanonirlar" safiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani xabar qilingan edi. Transfer qiymati 100 million funt sterlingni tashkil etadi va bu summa yana qo‘shimcha 5 million funt bonuslar evaziga ortishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, "Arsenal" ushbu 100 million funtni ikki yil davomida 3 qismga bo‘lib to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Rays o‘tgan mavsum jami APLda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!