
"Arsenal" chempion bo‘lishga tayyor emasmi? Pirs Morgan fikr bildirdi
Pirs Morgan "Arsenal"ning APL 20-turida "Fulxem"ga (1:2) qarshi uchralgan mag‘lubiyati haqida gapirdi.
“Yana tushunarsiz dahshatli spektakl. “Aston Villa”, “Vest Xem” va “Fulxem”ga uch hafta ichida yutqazib, Premer-ligada g‘alaba qozonishni kutolmaysiz. Biz uchun hamma narsa 2024 yilgacha tugaydi.
Afsuski, so‘nggi uch hafta ichida futbolchilarimizning ruhiyatidan ma’lum bo‘ldiki, chempionlik uchun tayyor emasmiz. Chempionlar "Vest Xem" va "Fulxem"ga har tomonlama o‘zlarini bunchalik ustun tutishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak", - deya ta’kidladi taniqli teleboshlovchi.
Fikrlar