"Arsenal" Bundesligadan o‘ziga zo‘r futbolchi topdi

  • 29 mart, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Yesper Lindstryom faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Unga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Sport1 jurnalisti Patrik Berger xabariga ko‘ra, London klubi 23 yoshli daniyalik yarim himoyachisining transferiga asosiy da’vogar hisoblanadi. Boisi, Yesperning xizmatlariga “kanonirlar”dan tashqari APLning yana 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda.

Frankfurt klubi Lindstryomni sotishga tayyor. Nemis klubi uning transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi.

Yesper Lindstryom joriy mavsum Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!