
"Arsenal" birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan "Gerta" futbolchisini sotib oladi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa "Gerta" himoyachisi Omar Rekikning transferi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
“Rekik - iste’dodli futbolchi. Biz anchadan beri uni kuzatib kelamiz. Uning transferi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonamiz”, - dedi ispaniyalik futbolchi.
19 yoshli tunislik futbolchining transferi 1 mln evroga baholanmoqda. U joriy qishki transferlar davridayoq “Arsenal”ga ko‘chib o‘tadi.
Rekik “Gerta” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ammo u Berlin klubining asosiy jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.
Fikrlar