
"Arsenal" 18 yoshli frantsiyalik futbolchini 30 mln evroga sotib oladi
"Arsenal" klubi Frantsiyaning "Sent-Eten" jamoasi himoyachisi Vilyam Salibani o‘z safiga qo‘shib oladi.
TF1 tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” frantsuz klubi bilan 18 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. APL grandi ushbu transfer uchun 30 mln evro sarflaydi.
E’tiborlisi, Saliba rasman “Arsenal” futbolchisiga aylansada, yangi mavsumni o‘z jamoasida o‘tkazadi. Boisi, londonliklar uni "Sent-Eten"ga bir yilga ijaraga berishadi.
Ma’lumot uchun, Saliba o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 16ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar