
Arnold: “Men doimo "Liverpul" bilanman!”
Angliyaning mashhur himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o‘z yuragiga juda yaqin bo‘lgan “Liverpul” klubi bilan xayrlashish arafasida. U klub tizimida qariyb 20 yil faoliyat yuritib, mavsum oxirida ketishini ma’lum qildi. Bu qaror ortidan Trent o‘z muxlislariga qalbdan chiqqan so‘zlar bilan minnatdorchilik bildirdi.
“Men juda ko‘p gapirgim keladi. Eng avvalo, sizlarga katta rahmat aytaman. Sizlar men bilan boshidanoq birga bo‘ldingiz, meni qo‘llab-quvvatladingiz, yonimda turdingiz. Men sizning qo‘llab-quvvatlashingizni, muhabbatingizni his qildim. Sizlar qilgan har bir ish men uchun beahamiyat bo‘lmadi. Har daqiqadan zavq oldim.
Umid qilamanki, mening sevgim ham sizning ko‘zingizga ko‘ringan va men klub uchun bor kuchimni berdim. Men o‘ylagandimki, bunday narsani qila olmayman, ammo sizlar bilan birgalikda shunday yutuqlarga erishdim – bundan hech qachon faromush qilmayman.
Menda abadiy saqlanadigan xotiralar qoldi. Menda shubha yo‘q – men albatta qaytaman. Bir kuni bolalarimni “Enfild”ga olib borib, ularga u erda o‘ynaganimni, nimalarga erishganimizni ko‘rsatgim keladi.
Sizlar qilgan barcha ishlar uchun ulkan rahmat. Men doim sizning muhabbatingizni his qildim, menga yordam berganingiz uchun minnatdorman. Men bu klubni va uning insonlarini har doim sevaman. Men o‘yinchi sifatida ketyapman, ammo muxlis sifatida “Liverpul” bilan doim birgaman,” – dedi Trent samimiy murojaatida.
Fikrlar