Arne Slot: "Trentdan yaxshiroq himoyachi olib kelamiz"

  • 9 may, 18:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin "Liverpul" qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ushbu yozda klubni erkin agent sifatida tark etishi tasdiqlangan edi. Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot uning ketishi haqida o‘z fikrlarini "Arsenal" ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirib o‘tdi:
 
"O‘ylaymanki, biz va "Liverpul"ni yoqtiradigan futbol muxlislari uning ketishidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Klubni nafaqat yaxshi odam, balki juda, juda, juda yaxshi himoyachi ham tark etmoqda. Men "Feynord" va "AZ Alkmaar" kabi jamoalarda ishlaganman va u erda har mavsumda yaxshi o‘yinchilar jamoani tark etadi. Shuning uchun ham boshqalarga qaraganda bu vaziyatlarga ko‘proq men duch kelganman va o‘rganib qolganman. Mening tajribam, shuningdek, ushbu klubning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar juda yaxshi futbolchi jamoadan ketsa, uning o‘rniga boshqa yaxshirog‘i keladi. Katta ehtimol bilan bu hozir ham sodir bo‘ladi."- dedi Slot o‘z so‘zida.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" hamda "Arsenal" o‘rtasidagi bahs 11 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:50 da "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!