Arne Slot: "Diogu Jotaning o‘limi hammamizni juda qattiq qayg‘uga soldi"

  • 8 avgust, 01:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Diogu Jotaning fojiali o‘limi jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

Tecno

"Bu yoz klub bilan bog‘liq barcha uchun og‘ir kechdi. Diogu Jotaning vafoti hammamizga kuchli ta’sir qildi. Hali-hamon bu fojiani qabul qilishga harakat qilyapmiz. Dioguning rafiqasi, farzandlari va do‘stlari qanday og‘riqni boshdan kechirayotganini tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Klub ularga barcha jihatdan yordam berishda davom etadi.

Bu yo‘qotish jamoamizning har bir a’zosiga ta’sir qildi, ammo eng muhimi — futbol olami va ayniqsa, "Liverpul" jamoasining ko‘rsatgan muhabbati va g‘amxo‘rligidir.

Men futbolchilarimning matonati va jasoratidan juda ham hayratdaman. Ular tasavvur qilib bo‘lmas darajada og‘ir vaziyatda birlashib, maydonda va uning tashqarisida haqiqiy insoniylik va jamoaviylik namoyon etishdi. Biz ulardan bundan ortiqni talab qila olmas edik. Men har bir futbolchim bilan faxrlanaman.

Diogu har doim bizning oramizda bo‘ladi — qalbimizda, xotiramizda va qaysi yo‘ldan bormaylik, u biz bilan birga yuradi", — deya ta’rif berib o‘tdi mersesaydliklar mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Diogu Jota va uning ukasi Andre Teysheyra da Silva (Portugaliyaning ikkinchi divizionidagi "Penafiel" klubi o‘yinchisi) Ispaniyadagi yo‘l transport hodisasida halok bo‘lishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!