Arne Slot Angliya Premer-ligasini “yondirvoryapti”

  • 5 oktabr, 2024, 20:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ni yozda qabul qilib olgan Arne Slot mavsum boshlanganidan buyon ketma-ket rekordlarni o‘rnatib kelmoqda.

Tecno

“Qizillar” ettinchi tur uchrashuvida “Kristal Pelas” maydonidan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Bu g‘alaba Arne Slotga yana bir rekord keltirdi.

Niderlandiyalik mutaxassis Angliya chempionatidagi dastlabki o‘nta uchrashuvda eng ko‘p – to‘qqiz marotaba g‘alaba qozongan ilk murabbiy sifatida tarixga kirdi.

Avvalgi rekord Uilyam Barkligi tegishli bo‘lib, u dastlabki o‘nta bahsda jamoasining sakkiz marta zafar quchishiga hissa qo‘shgan edi.

Bundan tashqari, Arne Slot “Liverpul” tarixida o‘zining dastlabki to‘rtta safar uchrashuvida g‘olib chiqqan birinchi murabbiy bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!