"ArMI-2022". Rekord o‘rnatish bo‘yicha rekordli g‘alaba

  • 26 avgust, 2022, 23:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Shu kunlarda Xalqaro armiya o‘yinlarining aksariyat musobaqalari yakunlanib, turli mamlakatlarga ketgan harbiy xizmatchilarimiz g‘alabalar bilan yurtga qaytmoqda. Markaziy harbiy okrug “Forish” poligonida bo‘lib o‘tayotgan “Qurolsoz usta” musobaqasining ham so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

“Ta’mirlash vzvodining majmuaviy estafeta”sida bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi jamoalari bellashdilar.

Shartga ko‘ra, dastlab 15 nafardan iborat harbiy xizmatchilar estafeta ko‘rinishida navbati bilan ta’mirlash poligonidagi 5,45 millimetrli AKS-74 avtomatini, granatamyot, “Beretta” pistoleti, D-30 gaubitsasi, zenit qurilmasi va reaktiv artilleriya qurilmasini to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, ushbu qurollardagi nosozliklarni aniqlab bartaraf qilish, shuningdek, o‘qotar qurollardan uzoqligi 600 metr masofadan iborat otish marrasiga yugurib borib, maydonda paydo bo‘luvchi sun’iy nishonlarni yakson qilish va artilleriya qurilmalaridan paxtavon o‘q-dorilar otish bilan shartlarni bajarishdi.

O‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi 54 daqiqa 24 soniya natija bilan birinchi, Rossiya Federatsiyasi terma jamoasi 1 soat 11 daqiqa 24 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa maydoni rosmana tantana tusiga kirdi. Shu bilan istiqlolimizning tantanalari arafasida yurtdoshlarimizga yana bir oltin medal tuhfa etildi. Uzoq-yaqindan kelgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari quvonchdan to‘lqinlanib, g‘oliblarni qutladilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Qurolsoz usta” terma jamoasi ushbu musobaqaning barcha bosqichlarida birinchilikni qo‘lga kiritib, oltita rekord o‘rnatib, nominatsiyalarning hammasida g‘oliblikni o‘zida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!