Arman Tsarukyan: "Maxachevni engish uchun..."

  • 20 oktabr, 2024, 15:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vaznda UFC ning birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyan amaldagi chempion Islam Maxachevni engish uchun qanday harakat qilish kerakligini aytdi.

Tecno

"Maxachevni mag‘lub etish uchun 5 raundga tayyor bo‘lishingiz kerak. Shuningdek, kurash, boks, teykvandodan ham bir nechta usullarni bilishingiz zarur. Islamni engish uchun u qilmoqchi bo‘lgan ishni amalga oshirishiga imkon bermang. To‘g‘ri, bu oson kechmaydi, ammo Maxachev hai oddiy odam. U ham xato qiladi. Fikrlashni biroz o‘zgartirib, o‘ziga ishonchni orttirish kerak. Shu bois Hozir ham "Islam nima qiladi?" deb emas, "Men qanday usuldan foydalansam g‘alaba qozonaman", deb o‘ylayapman", - dedi Tsarukyan "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Arman Tsarukyan oxirgi jangida, aniqrog‘i "UFC 300" da Charlz Oliveyrani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!