Arman Tsarukyan Fyodor Emelyanenko cho‘qqiga chiqqan davrda Jon Jonsni mag‘lub eta olarmidi, degan savolga javob berdi

  • 11 aprel, 2023, 07:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC jangchisi Arman Tsarukyan og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempion Jon Jonsga qarshi Fyodor Emelyanenko cho‘qqiga chiqqan davrida jang qilganida natija qanday bo‘lishi borasida so‘z yuritdi. 

Tecno

“Fyodor uni mag‘lub eta olmasdi. Emelyanenko yaxshi kurashdi va u kuchli zarba berdi. Ammo Jons anchagina rang-barang, u Fyodorni "overxend" zarbasini ishga solishiga imkon bermasdi. Jon uzoq masofada ishlab, oyoq zarbalarini amalga oshirga holda, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan bo‘lardi", - dedi Tsarukyan.

Eslatib o‘tamiz, Arman Tsarukyan navbatdagi jangini 30 aprel kuni Renato Moykanoga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!