Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi avariyaga uchradi

  • 9 aprel, 2019, 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlandi.

Tecno

Infobae nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 40 yoshli mutaxassis velosipedda bo‘lgan paytida avtomobil uni turtib yuborgan. Natijada u yuz qismidan jarohat olgan va darhol shifoxonaga olib borilgan. Ushbu hodisa Malorka shahrida sodir bo‘lgan.

Yo‘l harakati xavfsilgi xodimlarining ma’lum qilishlaricha ushbu holatda ayb Skalonining o‘zida bo‘lgan. Aynan uning qoidani buzishi oqibatida avariya sodir bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!