
Arauxo safdan chiqdi
"Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo safdan chiqdi. U "el-klasiko"da kichik jarohat bilan o‘ynagan va almashtirilishi ham mumkin edi, lekin himoyachi jamoasini muhim pallada tashlab ketishni istamagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Arauxo 2 hafta maydonga tusha olmaydi. Futbolchi Urugvayning FIFA kunlaridagi matchlar uchun chaqirilgan o‘yinchilar orasida mavjud edi. Endilikda, 24 yoshli himoyachi "Barsa"ning La Liga doirasida "Elche"ga qarshi bahsida qaytishi mumkin.
Ronald ushbu mavsumda birinchi marta jarohat olayotgani yo‘q. U kataloniyaliklarga 12 ta uchrashuvda yordam bera olmadi. Bu oldingi yillarga qaraganda ancha ko‘p.
Fikrlar