"Aral Samali" Andijonga bosh murabbiysiz keldi

  • 26 mart, 2022, 16:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro liganing 4-tur bahslariga start berildi. Ma’lumki, ertaga “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Nukusning “Aral Samali” klubini qabul qiladi.

Tecno

Ushbu jamoa bosh murabbiyi Timur Turdiev hisoblanadi. Lekin “Aral Samali” Andijondagi uchrashuvga bosh murabbiysiz keldi.

Gap shundaki, Turdiev pro litsenziyasi uchun o‘qiyotgani sababli bir qator murabbiylar bilan birga malaka oshirish maqsadida Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.

“Aral Samali” jamoasini esa bo‘lajak uchrashuvga klub direktori Islom Seytnazarov tayyorlamoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!