
APLning top 6 klubi bir hujumchini talashmoqda
"Nyukasl" "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Vest Xem", "Chelsi" va "Liverpul" qatoriga qo‘shilib, "Lill" hujumchisi Jonatan Devid bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
"The i Paper" nashrining xabariga ko‘ra, ushbu olti klub allaqachon futbolchining vakillari bilan bog‘langan va u uchun "Barselona", "Atletiko Madrid", "Inter" hamda "Yuventus" bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Kanada terma jamoasi forvardi ushbu mavsumda ham o‘zining samarali o‘yinlarini davom ettirmoqda. U Liga 1ning to‘purarlar ro‘yxatida 14 gol bilan uchinchi o‘rinda bormoqda, shuningdek, Chempionlar Ligasida ham 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Devid "Lill"da besh yildan buyon to‘p surgan bo‘lsa-da, klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikni o‘ylamoqda. Manbalarga ko‘ra, u Frantsiyada o‘zini etarlicha sinab ko‘rdi va faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi. Shu bois, kelayotgan yozda erkin agent sifatida yangi jamoaga o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar